🏢 Termiz shahar 1-son texnikumi ishlab chiqarish ta’limi ustasi A. Qahhorov rahbarligida 14-26 guruh “Qutqaruvchi” kasbi o‘quvchilari uchun amaliy tanishuv mashg‘uloti tashkil etildi.
🔥 O‘quvchilar Surxondaryo viloyati FVB boshqarmasining 1-qismi hamda yong‘in xavfsizligi va fvx olib boruvchi maxsus qutqaruv otryadi bilan tanishdilar.
🚒 Navbatchilikdagi maxsus qutqaruv mashinalari, zamonaviy asbob-uskunalar va maxsus jihozlarning vazifalari haqida ma’lumot berildi. O‘quvchilar favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish, maxsus texnika va jihozlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.
💪 Mashg‘ulotlar bo‘lajak qutqaruvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda jasorat, hushyorlik, mas’uliyat va tezkor qaror qabul qilish muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Qutqaruvchi — inson hayotini asrash yo‘lida doimo tayyor turadigan fidoyi kasb egasi!