🏢 Termiz shahar 1-son texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til mazmunli tashkil etilmoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz shahar 1-son texnikumida turli yo‘nalishlarda to‘garak mashg‘ulotlari izchil davom etmoqda. 🔹 Texnikumda tashkil etilgan. 🇬🇧 Ingliz tili to‘garagida xorijiy tilni erkin o‘rganish, muloqot qilish va zamonaviy bilimlarni egallashga alohida e’tibor qaratilgan. 💇Sartaroshlik to‘garagida zamonaviy soch turmaklari va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. 🧵 Tikuvchilik to‘garagida esa kiyimlarni loyihalash, bichish va tikish sirlarini puxta egallashga yo‘naltirilgan darslar tashkil etilmoqda. ✨ Mazkur to‘garaklar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qilmoqda.
Batafsil o'qish