Termiz shahri, Surxondaryo viloyati +998 97 227 27 77 termiztexnikumi1@gmail.com
Bosh sahifa Biz haqimizda Ta'lim yo'nalishlari Qabul parametrlari Hujjat topshirish Yangiliklar Bizning jamoa Bog'lanish
Yangiliklarga qaytish
Tadbir

⚽️ FUTBOL — SOG‘LOM HAYOT POYDEVORI!

17-Sentabr, 2026 63 marta ko'rildi
⚽️ FUTBOL — SOG‘LOM HAYOT POYDEVORI!

🏢 Termiz shahar 1-son texnikumida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi A. Shaxnazarov tashabbusi bilan I-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
🏆 Musobaqada 4-26 va 3-26 guruhlari o‘zaro kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahs yakunida 4-26-guruh jamoasi 8:4 hisobida g‘alaba qozondi.
👏 Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi, sportga bo‘lgan qiziqishi va g‘alabaga intilishini namoyon etdilar.
💪 Bunday sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularda jamoaviylik, do‘stlik va sportga mehr tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏅 G‘olib jamoani muborakbod etamiz va kelgusi bahslarda omad tilaymiz!