Termiz shahri, Surxondaryo viloyati +998 97 227 27 77 termiztexnikumi1@gmail.com
Bosh sahifa Biz haqimizda Ta'lim yo'nalishlari Qabul parametrlari Hujjat topshirish Yangiliklar Bizning jamoa Bog'lanish
Yangiliklarga qaytish
Yangilik

📌 Termiz shahar 1-son texnikumida Davlat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

05-Iyun, 2026 80 marta ko'rildi
📌 Termiz shahar 1-son texnikumida Davlat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahar 1-son texnikumining 2-24-guruh "Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash" kasbi bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi o‘quvchilar uchun Yakuniy Davlat attestatsiyasi (Davlat imtihoni) bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayonida o‘quvchilarning kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda mutaxassislik bo‘yicha egallagan malakalari sinovdan o‘tkazildi.

Bitiruvchilar o‘zlariga berilgan topshiriqlarni bajarish orqali kasbga oid nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini namoyish etdilar.
Davlat imtihoni ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, baholash mezonlari asosida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari xolisona baholandi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi kasbiy ta’lim oluvchilarning mehnat faoliyatiga tayyorligini aniqlashda muhim bosqich hisoblanadi.

Barcha bitiruvchilarga Davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishlarini tilab, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tiladilar! 🚗🔧